Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilariga Sport vazirligi tomonidan berilgan chop etish ruxsatnomalari topshirildi
Joriy yilning 10-fevral kuni O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining o‘quv adabiyotlari tayyorlagan bir qator professor-oʻqituvchilariga institut rektori, professor I.Tursunaliyev nomidan Farg‘ona filiali direktori dotsent A.Tishabayev o‘quv adabiyotlarining chop etish ruxsatnomalarini topshirdi.


