Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va xodimlari Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 10-fevral Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va xodimlari hamda Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan birgalikda Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Navoiy ziyosi” deb nomlangan tadbir tashkillandi.
Tadbirda Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi L.Botirova Oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi haqida gapirib oʻtdi.
Sharq sheʼriyati tarixini Alisher Navoiy lirikasisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Uning lirik merosi oʻzigacha yaratilgan, fors-tojik va turkiy sheʼriyatining davomi boʻlish bilan birga barcha zamonlardagi oʻzbek sheʼriyatining eng yuksak choʻqqisi hamdir.


