Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari Namangan futbol akademiyasida…
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilari Namangan viloyatidagi Futbol akademiyasida boʻlib, u yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mustahkam moddiy-texnik baza, professional sport jihozlari va invertarlar bilan yaqindan tanishishdi.
Futbol akademiyasi yosh isteʼdodlarni aniqlash va ularni yuqori saviyada tayyorlash uchun barcha zarur infratuzilmalarga ega.
Akademiyada tajriba almashish, kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi. Bu kabi tashriflar soha vakillari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.


