Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor oʻqituvchilari va tinglovchilari Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurdi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari koʻhna Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markazi”ga tashrif buyurishdi.
Markazda 600 nafar hunarmand ishlaydi. Bu yerda atlas va adrasning 200 ga yaqin turi, gilamchilik, tikuvchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Ushbu tashrif barchada oʻzgacha taassurot qoldirdi.


