Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat uyushtirdi.
Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali tomonidan Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Tadbirda muzey xodimlari, filial professor-oʻqituvchilari hamda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi tinglovchilari ishtirok etdi.
Sayohat davomida Erkin Vohidovning hayoti, ijodi, ilk asarlari, adabiy va jamoatdagi faoliyati, shuningdek, uning sheʼriy va dramaturgiya merosi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Sayohatdan koʻzlangan maqsad — shoirning boy adabiy merosini yosh avlodga yetkazish va keng jamoatchilikni uning ijodi bilan yaqindan tanishtirish, tinglovchilar boʻsh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish.
Tadbir davomida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



