Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali professor oʻqituvchilari Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurdi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va xodimlari koʻhna Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markazi”ga tashrif buyurishdi.
Markazda 600 nafar hunarmand ishlaydi. Bu yerda atlas va adrasning 200 ga yaqin turi, gilamchalar, tikuvchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Yangi Margʻilon markazi yuqori sifatli ipak bilan mashhur, ipakni boʻyash uchun tabiiy boʻyoqlardan foydalaniladi. Markazning noyob mahsulotlari allaqachon Turkiya, AQSh, Italiya, Fransiya, Rossiya, Qozogʻiston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.
Markazga tashrifning asosiy maqsadi, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va asrlar osha sayqallanib kelayotgan oʻzbek milliy hunarmandchiligimiz, qadriyat va anʼanalarimiz tarixini oʻrganishdir.
Ushbu tashrif barchada oʻzgacha taassurot qoldirdi.


