Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, malakali soha vakillari bilan E.Voxidov memorial muzeyi ijodkorlar uyida 21-oktyabr-Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati Davlat muzeyi katta ilmiy xodimi S.Zakirova va filolog Oʻ.Ahmedova turkiy tillarning kelib chiqishi haqida maʼlumotlarni manbalar asosida bayon etishdi. Shuningdek, Erkin Voxidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi shoirasi Oʻ.Soliyeva  tomonidan Oʻzbek tili, Vatan, ezgulik va shukronalik  haqida sheʼrlar tinglandi.