Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari 14-iyun “Butunjahon donorlar kuni”ga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi
Joriy yilning 14-iyun kuni filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari 14-iyun “Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan Fargʻona viloyati Qon quyish markaziga tashrif buyurdilar. 
Maʼlumki, 2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan edi. Shundan buyon har yili “14-iyun - Butunjahon donorlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. 
Yurtimizda ham ushbu sanaga bagʻishlangan turli tadbirlar, xayriya aksiyalari oʻtkazish ezgu anʼanaga aylangan.