Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali fevral oyi tinglovchilari, Basketbol trenerlari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.
???? Farg‘ona shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi basketbol trenerlari:
A.Yusupov — “To‘pni urib yurish, yugurish texnikasi”;
E.Yusupov— “Basketbol o‘yinida to‘pni ilib olish va uzatish”;
A.Mamajonov— “Basketbol sportining texnik tayyorgarligi”;
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.