Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali iyun oyi “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchisi, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani sport maktabi Bel olish va uch kurash treneri Masaidov Xusniddin Ismoilovich tomonidan “Bel olish va uch kurashda musobaqaga tayyorgarlikni tashkil etish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.