Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali iyun oyi “Voleybol” guruhi tinglovchisi, Namangan viloyati Pop tumani 1-son sport maktabi Voleybol treneri Raxmonov Ne’mat Yashnarjonovich tomonidan “Voleybolda to‘p uzatish va qabul qilish texnikasini o‘rgatish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.