Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali iyun oyi “Suv sport turlari” guruhi tinglovchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.
N.Mamarazakova — “ Sinxron suzishda musiqaga mos harakatlarni shakllantirish”;
O.Velixova — “ Suzish mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalari va ularning ahamiyati”;
A.Azizov — “ Suv polosida to‘p uzatish va qabul qilish texnikasi”;
Mahorat darsida filial direktor o‘rinbosari v.v.b. O.Qambarov hamda “Suv sport turlari” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.


