Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali iyun oyi “Suv sport turlari” guruhi tinglovchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.
Andijon shahri 2-son sport maktabi suzish trenerlari:
F.Axmedov — “Krol usulida suzish texnikasini o‘rgatish metodikasi”;
A.Yunusov — “ Suzishda start va burilish texnikalarini takomillashtirish”;
N.Arsenov — “Suzishda nafas olish va harakatlarni muvofiqlashtirish usullari”;
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.\


