Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali iyun oyi tinglovchisi, Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Sinxron suzish treneri Usmonova Gulmira Latibovna tomonidan “Sinxron suzishda asosiy harakatlar va ularni o‘rgatish metodikasi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. Mahorat darsida “Suzish” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.

Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.