Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali may oyi tinglovchisi, Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Dzyudo treneri Bekmirzayeva Guzal Alimjonovna tomonidan “Dzyudoda tik turish holatlari va dzyudo sport turida  ushlash texnikalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mahorat darsida Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti A.Jaxbarov va “Dzyudo” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.