Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali may oyi tinglovchisi, Farg‘ona viloyati, Rishton tumani sport maktabi Stol tennisi treneri Bobojonov Farrux Akram o‘g‘li tomonidan “Stol tennisini o‘ynash texnikasi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mahorat darsida Farg‘ona filiali “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi X.Madaminov va “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.



