Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali may oyi tinglovchisi, Andijon shahar 1-son sport maktabi Taekvondo WT treneri Xasanov Akmal Abduxalim o‘g‘li tomonidan “Taekvondo WTda zarba berish texnikalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. Mahorat darsida “Taekvondo WT” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.

.jpg)

