Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali koʻchma malaka oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 30-Q/Q-son va 45-Q/Q-son qoʻshma qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Institutning Fargʻona filiali tomonidan Andijon viloyatida ko‘chma malaka oshirish kurslari samarali tashkil etilmoqda.
Mazkur kurslarda maktabgacha taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilari hamda umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ishtirok etib, ular uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion taʼlim texnologiyalari, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va amaliy mashgʻulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda. Kurs mashgʻulotlarining tashkil etilishi, taʼlim sifati va tinglovchilarning faolligini oʻrganish maqsadida filial direktori, dotsent A. Tishabayev jarayon bilan yaqindan tanishib, mashgʻulotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.