Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali Ilmiy-metodik kengashi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali Ilmiy-metodik kengashi yigʻilishining navbatdagi 11-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yigʻilishi avvalida filial rahbariyati, sport targʻibotchisi hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda professor-oʻqituvchilar va xodimlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida taʼlim jarayonida faolligi, fidoyiligi, maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarida faolligi, yuqori kasbiy mahorati bilan ajralib turgan oʻqituvchilar va xodimlar turli nominatsiyalar asosida taqdirlandi. 
 Jumladan, “Yilning eng fidoyi ustozi”, “Tinglovchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi oʻqituvchi”, “Kasbiy mahorat ustasi” nominatsiyalari hamda maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlaridagi faolliklari uchun bir qator xodimlar taqdirlandi.