Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali hamda Fargʻona viloyati Kamondan oʻq otish federatsiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkillandi.

Joriy yilning 26-mart kuni viloyatda kamondan otish sport turini rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kamondan otish sportini rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5149-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek sportchilarni kamondan oʻq otish sportiga keng jalb qilish maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i,  Fargʻona viloyati Kamondan oʻq otish federatsiyasi raisi Akbarov Shavkat Oʻktamovich ishtirokida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali direktori A.Tishabayev, Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlim boshligʻi  X.Madaminov, “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva, Farg‘ona viloyati Kamondan oʻq otish federatsiyasi mutaxassislari hamda kamondan oʻq otish sport turi boʻyicha malaka oshirishga istak bildirgan viloyat sportchilari ishtirok etdi.