Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali dotsenti Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Joriy yilning 6-iyun kuni Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida tashkil etilgan "Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti v.v.b., f.f.b.f.d.,(PhD) Azimov Ulugʻbek Abduxalilovich oʻz maʼruzasi bilan faol ishtirok etdi.


