Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali Book cafe

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida joriy yilning 1-may sanasida “Book kafe” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda zamonaviy motivatsion adabiyotning eng mashhur asarlaridan biri — “Atom odatlar” keng muhokama qilindi. Asar muallifi James Clear tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar — kichik, ammo doimiy odatlar orqali katta natijalarga erishish, tizim yaratish va shaxsiy rivojlanishni izchil yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan.