Yangilik haqida batafsil

Ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali xodimlari va tinglovchilari 7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi maydonida o’tkazishdi.
Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish kundalik ish koeffitsentini 65-70 foizga koʼtarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va koʼzi oʼtkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi.