Yangilik haqida batafsil
E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg'ona filiali pedagog xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion o‘quv metodik qo‘llanma” tanlovi bo'lib o'tadi. Tanlovda Filialning barcha pedagog-xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g'oliblari Filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi. Tanlovga o‘quv metodik qo‘llanmalarni qabul qilish 15-iyundan 15-iyulgacha davom etadi. O‘quv metodik qo‘llanmalarni Filialning fargonamoqt@umail.uz elektron pochtasiga yuborishlariz mumkin.
