Yangilik haqida batafsil

Ehtirom: Fidoyi ayol xodimlar munosib taqdirlandi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Mazkur tadbir nafaqat bayramona qutlov, balki filial rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak ehtirom namunasiga aylandi. Tadbir davomida filial rahbariyati tomonidan muassasaning barcha ayol xodimlari samimiy qutlanib, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, soha rivoji uchun jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.