Yangilik haqida batafsil
Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent Tishabaev Alisher Maxamatdjonovichning 07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi (tarix fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
“Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi (1991–2019-yillar)” mavzusidagi ilmiy ish Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda ko‘rib chiqildi.
Himoya jarayonida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati keng muhokama qilinib, ijobiy baholandi.
Institut va uning filiallari jamoasi nomidan Tishabaev Alisher Maxamatdjonovichni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

