Yangilik haqida batafsil
Dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 22-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy Kengashida 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti Qambarov Orzubek Faxriddinovichning “Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish asosida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” mavzusidagi (pedagogika fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining (yakuniy) himoyasi boʻlib oʻtdi.
O.Qambarov ushbu Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
