Yangilik haqida batafsil
#Book_cafe
Kitob mutolaasi — qalbni nurga, ongni tafakkurga chorlaydigan eng go‘zal odatdir. Institutning Farg‘ona filiali xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Marg‘ilon shahrida joylashgan Burhoniddin Marg‘iloniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasiga sayohati doirasida majmuaning boy tarixiy va ma’naviy muhitiga ega kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Kutubxonada tashkil etilgan “Book kafe” loyihasi mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maskanda turli janrdagi kitoblar, qulay mutolaa zonalari va zamonaviy o‘quv muhiti yaratilgani tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri, ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.



