Yangilik haqida batafsil
#Book_cafe
Joriy yilning 22-may sanasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Xodimlari hamda may oyi tinglovchilari bilan birgalikda Viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurildi. “Book kafe” loyihasi doirasida kutubxona bosh mutaxassisi tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asari tanishtirilib, uning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida asar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa orqali dunyoqarashni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, tinglovchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


