Yangilik haqida batafsil
Book cafe Fargʻona filiali
Joriy yilning 26-iyun sanasida Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida navbatdagi “Book Cafe” loyihasi tashkil etildi.
Tadbir davomida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Mamajonov tomonidan Isay Kalashnikovning “Shafqatsiz asr” nomli asarining birinchi kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot jarayonida asarning mazmun-mohiyati, tarixiy voqealar asosida yoritilgan g‘oyalar, qahramonlar obrazi hamda muallifning badiiy mahorati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobda aks etgan insoniy qadriyatlar, jasorat, matonat va tarixiy haqiqatlarning bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.


