Yangilik haqida batafsil
Book cafe Fargʻona filiali
Joriy yilning 12-iyun sanasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Book kafe” loyihasi doirasida Said Ahmadning “Ufq” asari filial tinglovchilariga tanishtirildi, ushbu asar yuzasidan videorolik namoyish etildi, sahna ko‘rinishi ijro etildi hamda asar yuzasidan qiziqarli viktorina va savol-javoblar tashkillandi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida asar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa orqali dunyoqarashni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, tinglovchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


