Yangilik haqida batafsil
“Bir oyda bir kitob” – Fargʻonada kitobxonlik targʻiboti!
Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida "Kitobxonlik kuni" doirasida “Bir oyda bir kitob” loyihasi boshlandi.
Tadbirda filial kotiba-ish yurituvchisi I.Abdukadirova tomonidan Tohir Malikning “Talvasa” asari mazmunan yoritildi. Ishtirokchilar asar yuzasidan o'zaro fikr almashib, uning badiiy va gʻoyaviy jihatlarini muhokama qildilar.
Maqsad – filialda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va mutolaa madaniyatini shakllantirish.


