Yangilik haqida batafsil

Andijon viloyatida “Lider trener” loyihasining navbatdagi seminari tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan tashkillangan loyiha “Lider-trener” yigirma qadam dasturi asosida,  "Tizimli va maqsadli yondashuv orqali yetakchilik va trener koʻnikmalarini rivojlantirish" mavzusidagi navbatdagi seminar Andijon viloyati Buloqboshi tumani sport maktabida tashkil etildi. 
Seminarda:
Lider-Trener loyihasining maqsadi va mazmuni;
Istiqbollik strategiyalari va metodikalari;
Loyihaning amaliyotga oʻtish bosqichlari;
Loyihaning amaliyot natijalari va qoʻllanish sohasida muvaffaqiyati haqida loyiha asoschilari D.Norqulov, M.Neʼmatov, A.Jaxbarov hamda M.Maxamadjonovlar ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berib oʻtdi.