Yangilik haqida batafsil

Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Farg‘ona filiali hamda Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va ko‘rik-tanlov tashkillandi.

Tadbirda o‘quvchilar Sohibqironning tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari hamda “Kuch — adolatdadir” shiori haqida bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar.
???? Bellashuv tanishtiruv, savol-javob, siymo yaratish va rasmlar tanlovi asosida o‘tkazildi.
G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi