Yangilik haqida batafsil

“Amaliy xorijiy tilni o’rganishning intensiv usullari” modulidan xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha “Basketbol” guruhida qo‘shimcha amaliy mashg‘ulot tashkillandi.

Farg’ona filiali tinglovchilari o’rtasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda xorijiy tillarni samarali o’zlashtirishlari uchun Filialning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi Sh.Yo.Usmonova  tomonidan  darsdan tashqari vaqtlarida “Amaliy xorijiy tilni o’rganishning intensiv usullari” modulidan xorijiy tillarni  o’rganish bo’yicha “Basketbol” guruhida qo‘shimcha amaliy mashg‘uloti tashkillandi. Ushbu amaliy mashg’ulot sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilarga  kelgusi  faoliyatlarida  zarur  bo‘ladigan  og‘zaki  so‘zlashuv,  mutaxassislikka  oid  matnlar  bilan  ishlash  jarayonlarida  ingliz  tilida   so‘zlashuvni o‘rgatish,  ingliz tilining  grammatik  strukturasi  haqida   ma’lumotga ega bo‘lishi barobarida, boshlang‘ich bosqich talablari  darajasida  sodda suhbat olib borishi, berilgan savolning  umumiy ma’nosini tushunib javob qaytarishi, gapirish (so‘zlashish), ko‘nikma  va  malakalarini  hosil  qilishga  qaratildi.