Yangilik haqida batafsil

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 16-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda  fevral oyi tinglovchilari bilan birgalikda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. 
Ekskursiya davomida kitob fondi, kutubxona tarixi va undagi imkoniyatlar, sharoitlar bilan batafsil tanishdilar va ekskursiya so‘ngida Turk yozuvchisi O‘rxon Kamolning “Dengizga otilgan ayol” asari asosida tayyorlangan “Book Slam” namoyish etildi.