Yangilik haqida batafsil

А.B.Маslennikov Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

Nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 20-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Pyotr Fransevich Lesgaft” nomidagi Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish milliy davlat universiteti professori, p.f.n. А.B.Маslennikov Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi. А.B.Маslennikov tinglovchilar uchun filialda  yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Filial rahbariyati, kafedra mudirlari, professor o‘qituvchilari bilan А.B.Маslennikov ishtirokida xorijiy tajriba almashish maqsadida davra suhbati  tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida malaka oshirish kursi tinglovchilari masofaviy tarzda zoom ilovasi orqali ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.