Yangilik haqida batafsil

Abdulla Tangriyev va Rishod Sobirovlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Sport bo‘yicha Olimpiada, Osiyo va jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari ishtirokida muntazam ravishda uchrashuvlar, mahorat darslari, davra suhbatlari tashkillanib,  bu orqali malaka oshirish kursi tinglovchilarida sport bo‘yicha tajriba almashish, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topish imkoniyati yaratilmoqda. Jumladan, joriy yilning 10-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Abdulla Tangriyev va Rishod Sobirovlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu ushrashuvda onlayn tarzda Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.