Yangilik haqida batafsil
9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Farg'ona filiali professor-o'qituvchilari va xodimlari faxriylar holidan xabar olishdi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e'zozlash odamiylikning eng oliy mezonidir.
Shu maqsad yo'lida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali jamoasi Farg'ona shahar Afrosiyob ko'chasi 3-uy 10-xonadonda istiqomat qiluvchi Front ortida xizmat olib borgan 96 yoshli Maxmudova Xamrobiy ona va Farg'ona shahar Usmon Nosir ko'chasi 6-uy 16-xonadonda istiqomat qiluvchi Galina Aleksandrovnalarni 9-may "Xotira va qadrlash" kuni bayrami bilan tabriklab, duolarini olishdi.

