6-sonli Ilmiy kengash yig'ilishi o'z ishini yakunladi
Yig‘ilish davomida malaka oshirish kurslari o‘quv jarayonining sifati, tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi va o‘tkazilgan so‘rovnomalar tahlili, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot-resurs markazi faoliyati hamda filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tanlov masalalari, o‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash va o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.