Yangilik haqida batafsil
21-may – Oʻzbekistonda kutubxonachilar kuni!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida har yili 21-may sanasi yurtimizda Kutubxonachilar kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Mazkur sana kitob, bilim va maʼrifat tarqatishda fidokorona xizmat qilayotgan kutubxonachilar mehnatiga boʻlgan chuqur ehtirom ifodasidir.
Shu munosabat bilan Institutning Fargʻona filiali rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va xodimlari Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida boʻlishdi.
Tadbir davomida kitoblar koʻrgazmasi, kitob mutolaalari tashkillandi, kitobxonlik boʻyicha samimiy suhbatlar oʻtkazildi.


