Yangilik haqida batafsil

2023-yil 2-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining navbatdagi 5-sonli Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilmiy Kengash yig‘ilishida institut rektori, kengash raisi professor I.Tursunaliyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida Sport sohasi va Institut faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi topshiriqlari va buyruqlarining ijrosi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va tegishli hujjatlar bilan ishlash sifati hamda  Ilmiy kengash qarorlarining ijrosi, Institut va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallar kesimida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari rejasining bajarilish holati hamda o‘quv jarayonining borishi yuzasidan,  Institut va filiallarning axborot resurs markazi faoliyati, o‘quv jarayonining zarur adabiyotlar (darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, O‘UM) bilan ta’minlanganligi haqida, 2023-yil rejasidagi o‘quv adabiyotlarini yaratilish holati haqida, o‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, kelishuvga kiritish hamda o‘quv adabiyotlarini nashr etishga tavsiya etish kabi o‘nga yaqin masalalar qizg‘in muhokama etildi.