Yangilik haqida batafsil

16-oktabr kuni Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va xodimlari oʼrtasida sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi" PF-6099-sonli farmoni, Turizm va sport vazirining 2020-yil 7-noyabrdagi 1315-sonli buyrugʼi, Institut direktorinig 2020-yil 23-noyabrdagi U-139-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash, Filial xodimlarini va ularning oila aʼzolarini ommaviy sportga yanada jalb qilish hamda sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish maqsadida, joriy yilning 16-oktabr kuni Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va xodimlari oʼrtasida  "DARTS" "STOL TENNISI" va "Gimnastik o'rindiqda qo'llarni yozish-bukish"(ayollar uchun) bo‘yicha sport  mashg‘ulotlari  tashkil etildi.