Galereya

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, dotsent A.Tishabayev ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan filial joylashgan hududdagi 11-son umumta’lim maktabi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Yoshlar filialdagi o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
A.Tishabayev yoshlarining erishayotgan yutuqlari, ularning kelajakdagi rejalari va sohadagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi.