Galereya

Farg'ona filialida Xorijiy mutaxassis ishtirokida mahorat darsi o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Farg‘ona filialining 2023-yil ish-rejasiga muvofiq xalqaro mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 25-sentabr kuni Italiyalik mashxur futbol analitik Oleg Sagaydak tomonidan filialning professor-o‘qituvchilari hamda futbol guruhi tinglovchilariga Wyscout kompaniyasi tomonidan futbolchilarni zamonaviy tahlil  tizimi HUDI platformasidan qanday foydalanish va uning  imkoniyatlari mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsida: 
Turli yoshdagi  terma jamoalar va klub akademiyalari o‘yinlarini tahlilari;
Har bir futbolchining individual imkoniyati va futbolchilik faoliyatidagi barcha jismoniy texnik-taktik  ko‘rsatkichlarini umumiy tahlili;
Raqib jamoasini texnik–taktik standart vaziyatlardan foydalanish umumiy tahlili haqida ma’lumotlar berildi.