Galereya
Farg’ona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 20-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish rejasiga asosan Rossiya xalqlar do'stligi universiteti akademigi Vorobyov Aleksandr Yegorovich ishtirokida “Sport va jismoniy madaniyatda xalqaro hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Ushbu davra suhbatida filial rahbariyati, professor-o’qituvchilari hamda onlayn tarzda tinglovchilar va Qozog’iston Respublikasi X.Dosmuxamedov nomidagi Atirau Davlat universiteti Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri E.K.Tulegenov ishtirok etdi.