Galereya
Farg‘ona filialida QR-kodli elektron kutubxona tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ommaviy kitobxonlik madaniyatini oshirish, shuningdek filial professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida jismoniy tarbiya va sportga oid, oʼzbek zamonaviy va mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti durdonalari, siyosiy va badiiy adabiyotlardan QR-kodli elektron kitoblar maxsus stend-javonlarda joylashtirildi.
Hozirda mazkur QR-kodli elektron kutubxona javonida 240 dan ortiq elektron kitoblar mavjud bo’lib, ularning sonini yanada oshirib borish ko’zda tutilgan.
Har bir kitob uchun maxsus QR-kod berilgan va istalgan shaxs ushbu kodni faollashtirib, oʼzi istagan elektron kitobni bepul koʼchirib olishi yoki onlayn tarzda o’qishi mumkin. Buning uchun mobil telefonda QR-kodni skaner qiladigan ilovalardan birortasi boʼlishi yetarli.