Galereya

Farg'ona filialida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Farg'ona  filialida filial Axborot resurs markazi bo'limi  boshlig'i G.Matkarimova  tomonidan 10-sentabr sanasida  sentabr  oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun “Kitoblar ko‘rgazmasi”  tashkil etildi. 

Ko'rgazmada filial kutubxonasi  fondidan joy olgan o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darslik, siyosiy-badiiy adabiyotlar  hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kutubxona bilan  tanishtirildi.