Galereya
Farg‘ona filialida Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi.
Tadbirda FarDU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent L.Begimqulova, filial professor-o‘qituvchilari hamda “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.
-Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent N. Yuldasheva ochib berib, Amir Temurning “Kuch adolatdadir” tamoyili bugungi kunda ham dolzarb ekanini ta’kidladi.
???? Tadbir davomida:
• Amir Temurning adolatga asoslangan davlat boshqaruvi;
• Temuriylar davrida boshqaruv tizimi;
• Yoshlar tarbiyasida Amir Temur merosining o‘rni haqida so‘z yuritildi.