Galereya
Farg‘ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida “Book kafe” loyihasi yuqori saviyada tashkil etildi
Joriy yilning 9-aprel sanasida Farg‘ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida “Book kafe” loyihasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali dunyoqarashni kengaytirish hamda tinglovchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan sevib mutolaa qilingan asarlar taqdimoti o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va hayotiy saboqlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, asarlar yuzasidan erkin muhokamalar tashkil etilib, tinglovchilar o‘z mulohazalari, tahlillari va xulosalari bilan faol ishtirok etdilar. Bu esa ularda tanqidiy va mustaqil fikrlash, nutq madaniyati, muloqot hamda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.